Optimallashtirilgan grafiklarni aks ettirish tizimi yuklash vaqtini qisqartiradi va batareya quvvatini 25% gacha uzaytiradi.
Ommaviy oferta kelishuvi
Ushbu ommaviy oferta kelishuvi (bundan buyon Kelishuv deb yuritiladi) “PO Trade LTD Rodney Bayside Building, Rodney Bay, Gros-Islet, St. Lucia manzilida 2019-00207 ro‘yxatga olish raqami bilan qayd etilgan” (bundan buyon Kompaniya deb yuritiladi) https://po.trade/ veb-saytida onlayn taqdim etiladigan xizmatlarning shartlari va qoidalarini belgilaydi. Ushbu kelishuv veb-hujjat sifatida qabul qilinadi va tomonlar imzosini talab etmaydi.
Mijoz Kompaniya veb-saytida Mijoz profilini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali Kelishuvni to‘liq qabul qilganini avtomatik ravishda tasdiqlagan hisoblanadi. Kelishuv tomonlarning biri uni bekor qilmaguncha o‘z kuchida qoladi.
- Atamalar va tushunchalar
- Mijoz hududi – veb-interfeysda yaratilgan, Mijoz Savdo va nosavdo amaliyotlarini amalga oshirish va shaxsiy ma’lumotlarni kiritish uchun foydalanadigan ish maydoni.
- Mijoz – ushbu Kelishuvga muvofiq, Kompaniya xizmatlaridan foydalanayotgan 18 yoshdan oshgan har qanday shaxs.
- Kompaniya – “PO Trade” deb nomlanuvchi yuridik shaxs bo‘lib, u ushbu Kelishuv qoidalariga muvofiq, CFD shartnomalarini sotib olish va sotish bo‘yicha arbitraj amaliyotlarini amalga oshirish xizmatini taqdim etadi.
- Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyot – Mijozning savdo hisobini zarur mablag‘ bilan to‘ldirish yoki Savdo hisobidanmablag‘ni yechib olish bilan bog‘liq har qanday amaliyot. Kompaniya Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlar uchun o‘z xohishiga ko‘ra tanlangan va Mijoz hududidagi tegishli interfeysga bog‘langan elektron to‘lov tizimlaridan foydalanadi.
- Mijoz profili – Mijoz haqidagi shaxsiy ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, uni Mijoz hududida ro‘yxatdan o‘tish va tasdiqlash jarayonida o‘zi taqdim etadi va ular Kompaniyaning xavfsiz serverida saqlanadi.
- Savdo hisobi Kompaniyaning serverida joylashgan maxsus hisob bo‘lib, u Mijozga Savdo amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
- Savdo amaliyoti – Mijoz o‘zining Shaxsiy hududida mavjud bo‘lgan Savdo terminali orqali amalga oshiradigan savdo shartnomalari oldi-sottisi bo‘yicha arbitraj amaliyoti.
- Savdo serveri Kompaniyaga tegishli bo‘lgan, maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatilgan server bo‘lib, u Mijozlarning Savdo va savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlarni amalga oshirish hamda ushbu amaliyotlar statistikasini kuzatib borishga xizmat qiladi.
- Savdo terminali – Mijoz hududida joylashgan, Kompaniyaning savdo serveriga ulangan hamda Mijozga Savdo amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus interfeys.
- Umumiy qoidalar
- Kompaniya ko‘rsatadigan xizmat Kompaniyaning rasmiy veb-sayti va uning Savdo serveridan foydalanib, Savdo amaliyotlarini amalga oshiruvchi Internet xizmati. Xizmatdan foydalanish Mijoz qurilmasida barqaror yuqori tezlikdagi Internet ulanishi mavjudligini taqozo etadi.
- Kompaniya o‘z faoliyatida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha amaldagi qonunchilikka amal qiladi. Kompaniya Mijozdan shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritishni talab etadi va zarur usullardan foydalanib, Mijoz shaxsini tekshirish huquqini saqlab qoladi:
- Mijoz shaxsini va haqiqiy yashash joyini tasdiqlovchi hujjatlarning skanerlangan nusxalarini Mijoz profiliga yuklash;
- Ko‘rsatilgan telefon raqamini terib, Mijozga qo‘ng‘iroq qilish;
- Kompaniya o‘z ixtiyoriga ko‘ra Mijozning shaxsini va moliyaviy faoliyatini tasdiqlash uchun zarur deb topgan boshqa vositalar.
- Mijoz, yuridik maqomidan (yuridik yoki jismoniy shaxs) qat’i nazar, Kompaniyada bittadan ortiq Savdo hisobiba ega bo‘lishi taqiqlanadi. Kompaniya Mijoz profilini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki bir Mijoz bir nechta Savdo hisobidan foydalanish holatlari yuz berganda, ushbu Kelishuvni bekor qilish yoki Savdo amaliyotlari natijalarini bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
- Mijoz profili kompaniyaning rasmiy veb-saytidagi Mijoz hududining himoyalangan qismida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Kompaniya ushbu kelishuvning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan qoidalarga binoan, Mijozning shaxsiy ma’lumotlari daxlsizigini kafolatlaydi.
- Mijoz Kompaniya taqdim etgan Mijoz hududiga kirish ma’lumotlari xavfsizligi uchun mas’uldir. Mijoz hududiga kirishni yo‘qotgan taqdirda, Mijoz Savdo hisobidagi mablag‘ga kirishni to‘xtatish maqsadida zudlik bilan Kompaniyaga xabar berishi shart.
- Ro‘yxatdan o‘tish paytida Kompaniya Mijozga avtomatik tarzda Savdo hisobini taqdim etadi. Mijoz ushbu hisobda barcha savdo va Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlarni amalga oshiradi.
- Kompaniya pulli kotirovka manbalaridan foydalanib, Mijozlarning kotirovkasini amalga oshiradi. Bunda u Mijozlar ochgan shartnomalar likvidligini ta’minlash ehtiyojlariga muvofiq kotirovkalar oqimini qayta ishlaydi. Boshqa kompaniyalarning kotirovkalari va/yoki pulli manbalardan olingan kotirovkalar nizolarni ko‘rib chiqish jarayonida inobatga olinmaydi.
- Kompaniya Mijozga Mijoz hududida Savdo amaliyotlarini amalga oshirish uchun maxsus ishlab chiqilgan veb-interfeysni (savdo terminali) taqdim etadi.
- Kompaniya Mijozga Kompaniya ko‘rsatmagan amaliyotlar, Kompaniyaning rasmiy veb-sayt(lar)idagi zaifliklar, bonuslar chayqovchiligi va noqonuniy savdo, jumladan, lekin bilan cheklanmagan holda, turli hisoblardan amaliyotlarni xedjlash, likvidligi muammoli bo‘lgan aktivlar bilan chayqovchilik qilish va hokazolardan foydalangan holda, foyda olishga qaratilgan harakatlarida Kompaniya firibgarlik deb baholashi mumkin bo‘lgan har qanday turdagi faoliyatni taqiqlaydi. Bunday holatda Kompaniya ushbu Kelishuvni bekor qilish yoki Savdo amaliyotlari natijalarini asliga qaytarish huquqini saqlab qoladi.
- Kompaniya ushbu Kelishuvni bekor qilish yoki Mijoz bilan aloqani to‘xtatish huquqini saqlab qoladi. Bu huquq Mijoz Kompaniyaga va uning mahsulot hamda xizmatlariga nisbatan adolatsiz munosabat aniqlangan hollarda qo‘llanadi. Bunday holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi (ammo bular bilan cheklanmaydi): Kompaniya xodimlari va hamkorlarini haqorat qilish; Kompaniya haqida tuhmat va ishonchsiz ma’lumotlar tarqatish; salbiy sharhlar yozish, shuningdek, Mijozning shantaj qilishi yoki tovlamachilikka urinishi.
- Kompaniya boshqa treyderlarning Savdo amaliyotlarini nusxalashni Mijozga taqiqlash yoki nusxa oluvchi savdo qoidalarini buzgani yoki ushbu Kelishuvning boshqa har qanday buzilishi aniqlangan taqdirda, nusxalangan savdo amaliyotlari natijalarini bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
- Mijoz o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan mamlakat qonunchiligiga to‘liq rioya etilishini ta’minlashi shart.
- Mijoz Savdo amaliyotlarini amalga oshirish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha soliq va to‘lovlarni to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi va buni tan oladi.
- Kompaniya taklif qilinayotgan xizmatlar va imkoniyatlar, shuningdek, rag‘batlantirish imtiyozlarini o‘z xohishiga ko‘ra cheklash huquqini saqlab qoladi.
- Kompaniya ushbu Kelishuvning 11-bo‘limi “Mamlakatlar ro‘yxati”da ko‘rsatilgan mamlakatlar yoki ular yurisdiksiyasi yoki amaliy nazorati ostidagi hududlar fuqarosi yoki doimiy rezidenti bo‘lmagan Mijozga xizmatlar ko‘rsatishga rozilik beradi. Kompaniya ushbu mamlakatlarda taqdim etilayotgan xizmatlar mavjudligini cheklash huquqini saqlab qoladi.
- Savdoga oid bo‘lmagan amaliyotlarni bajarish tartibi
- Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlarga Mijoz Savdo hisobiga mablag‘ kiritishi va undan mablag‘ yechib olishi (depozit qo‘yish va mablag‘ chiqarish) kabi amaliyotlar kiradi.
- Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlarni Mijoz Mijoz hududi funksionalligi yordamida amalga oshiradi. Kompaniya an’anaviy aloqa vositalari (e-pochta, jonli muloqot va hokazo) orqali so‘ralgan Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlarni bajarmasligini ma’lum qiladi.
- Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlarni amalga oshirayotganda, mijozga faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan elektron va bank to‘lov hisoblaridagi shaxsiy mablag‘dan foydalanishiga ruxsat etiladi.
- Mijoz o‘zining Savdo hisobi valyutasini mavjud variantlar ro‘yxatidan mustaqil ravishda tanlab oladi. Mijozning savdo hisobidagi mablag‘ qoldig‘i tanlangan valyutada aks ettiriladi. Mijoz xohish bildirgan taqdirda Savdo hisobining valyutasini o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Savdo hisobiga pul kiritilganda, depozit miqdori Mijoz o‘tkazma paytida foydalanilgan valyutadan Savdo hisobi valyutasiga avtomatik tarzda konvertatsiya qilinadi. Savdo hisobidan mablag‘ yechib olishni qayta ishlashda ham xuddi shu konvertatsiya jarayoni qo‘llanadi.
- Valyuta konvertatsiya qilinayotganda, Kompaniya Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyot bajarilishi vaqtida qo‘llab-quvvatlanadigan elektron to‘lov provayderlari taqdim etgan kotirovkalarga muvofiq valyuta kursidan foydalanadi.
- Kompaniya quyidagi Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlarning minimal miqdorini belgilaydi (agar boshqa holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa):
- Depozit kiritish – 0.1 AQSh dollari;
- Mablag‘ yechib olish – 10 AQSH dollari. - Agar Mijoz Savdo hisobiga mablag‘ kiritish uchun turli usullardan foydalansa, mablag‘ni yechib olish ham aynan shu usullar orqali, kiritilgan mablag‘ nisbatiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Agar Kompaniya mablag‘ni Mijoz ko‘rsatgan usul orqali yechib bera olmasa, Kompaniya Mijozga tanlangan to‘lov usulini ayni paytda mavjud bo‘lgan usullardan biriga o‘zgartirishni taklif etadi.
- Agar Mijoz Savdo hisobini to‘ldirish uchun bank kartalaridan foydalansa, u faqat shaxsiy mablag‘idan foydalanishini kafolatlaydi va Kompaniyaning bank kartasi to‘lov ma’lumotlarini saqlashiga rozilik beradi. Bu Mijoz Shaxsiy hududida tegishli funksiyadan foydalanganda, Savdo hisobini bir marta bosish orqali tezkor to‘ldirish imkoniyatini ta’minlash uchun zarur. Mijoz Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish orqali ushbu xizmatni o‘chirishni so‘rashi mumkin.
Kompaniyaning talabiga ko‘ra, Mijoz tekshirish maqsadida Savdo hisobini to‘ldirish uchun foydalanilgan kartalarning tasdiqlovchi nusxalari yoki suratlarini taqdim etishni zimmasiga oladi. Shuningdek, Mijoz kiritilgan mablag‘ bo‘yicha Kompaniyaga nisbatan hech qanday e’tiroz bildirilmasligini kafolatlaydi. - Umume’tirof etilgan qonunchilik standartlari talablariga rioya qilishni ta’minlash hamda Mijoz mablag‘ini himoya qilish maqsadida, pul mablag‘ini yechib olish avval depozitga qo‘yish uchun ishlatilgan to‘lov usuli va aynan o‘sha to‘lov rekvizitlari orqali amalga oshiriladi.
- Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlardan Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlar orqali foyda olish vositasi sifatida yoki belgilangan maqsaddan boshqacha tarzda foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi.
- Savdo amaliyotlarini bajarish tartibi
- Savdo amaliyotlariga Kompaniya taqdim etgan savdo vositalari bilan savdo shartnomalari bo‘yicha arbitraj asosida oldi-sotdi amaliyotlari kiradi. Ushbu amaliyotlar Kompaniya Mijoz hududida taqdim etilgan Savdo terminali orqali amalga oshiriladi. Barcha Mijozlarning savdo amaliyotlarini qayta ishlashni Kompaniya o‘z tasarrufidagi tegishli dasturiy ta’minotga ega Savdo serveri yordamida amalga oshiradi.
- Kompaniya Savdo terminalida kotirovkalarni taqdim etadi, bunda yagona Plost kotirovkasidagi narx ko‘rsatiladi. Bu narx quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: Plost = Pbid + (Pask-Pbid)/2
Ya’ni: Plost - savdo shartnomalarini ochish va yopish uchun amalga oshiriladigan Savdo amaliyotlari va bitimlarni bajarish uchun foydalaniladigan narx. Pbid - Kompaniyaga uning likvidlik ta’minotchilari taqdim etgan taklif narxi. Pask - Kompaniyaga uning likvidlik ta’minotchilari taqdim etgan so‘rov narxi. - Kompaniyaning savdo serverida ham savdo qilish Plost narx bo‘yicha amalga oshiriladi. Kompaniya Savdo amaliyotlari va kotirovkalarga kecha-yu kunduz ruxsat beradi.
- Kompaniya Savdo amaliyotlarini bajarish uchun “Bozor ijrosi” deb ataluvchi narxlash texnologiyasidan foydalanadi va Kompaniyaning savdo serverida Mijoz so‘rovlari navbatida Mijoz so‘rovini qayta ishlash vaqtida mavjud bo‘lgan narx bo‘yicha bitimni bajaradi. Mijozning savdo terminalida ko‘rsatilgan narxning Kompaniyaning savdo serverida mavjud narxdan maksimal farqi, ushbu savdo vositasining o‘rtacha tebranishiga mos keladigan davrlarda mazkur vosita uchun ikkita o‘rtacha spred qiymatidan oshmaydi.
- Shartnoma tuzish uchun so‘rov joylashtirilayotganda, Kompaniyaning shartnomaning amal qilish muddati tugayotgan paytda tanlangan savdo vositasi bo‘yicha yetarli likvidligi bo‘lmasa, Kompaniya Mijozga Savdo amaliyotini o‘tkazishni rad etish huquqini saqlab qoladi. Bunday holatda, Mijoz Savdo terminalidagi tegishli tugmani bosgach, darhol bildirish oladi.
- Mijoz tuzgan savdo shartnomasi ijobiy natija bergan taqdirda, unga to‘lanadigan mablag‘ miqdorini Kompaniya belgilaydi. Ushbu miqdor Mijoz savdo shartnomasini tuzish paytida Savdo terminalining tegishli interfeys elementi yordamida belgilangan garov miqdori foizida hisoblanadi.
- Mijozga Kompaniya ko‘rsatadigan xizmatlarning bir qismi sifatida savdo shartnomalarini sotib olish, sotish yoki amaliyotlarda qatnashmaslik imkoniyati taklif etiladi. Savdo shartnomalari xarid qilish usuliga ko‘ra turli toifalarga bo‘linadi.
- Mijoz o‘zining Savdo hisobida mavjud bo‘lgan har qanday turdagi savdo shartnomalarining istalgan amal qilish muddati uchun bir vaqtning o‘zida ochilgan istalgan miqdordagi Savdo amaliyotlarini saqlash imkoniyatiga ega. Ayni choqda barcha yangi ochilgan Savdo amaliyotlarining umumiy hajmi Savdo terminalidagi Mijozning balans miqdoridan oshmasligi kerak.
- Kompaniya “Yuqori-past” toifasidagi CFD shartnomalari bo‘yicha Savdo amaliyotlarini amalga oshirish uchun quyidagi majburiy mexanizmlarni tatbiq etadi:
- Mijoz Mijoz hududida taqdim etilgan Savdo terminalidan foydalanib, Savdo amaliyotining quyidagi parametrlarini belgilaydi: savdo vositasi, shartnomaning tugash muddati, bitim hajmi va shartnoma turi (“Call” yoki “Put”). Mijozning savdo terminalida ko‘rsatilgan narx Plost narxdir.
- Ayni paytda likvidlik ta’minotchilarida mavjud bo‘lgan likvidlik hajmlariga ko‘ra, savdo shartnomasining ijobiy bajarilishi ortidan foizlardagi daromadliligi Mijoz o‘zining Savdo terminalida tanlagan savdo vositasi orqali aniqlanadi. Rentabellik darajasi har bir alohida Savdo amaliyotsi uchun belgilanadi va Mijoz savdo terminalining tegishli interfeysida aks etadi.
- Mijoz Savdo terminalidagi “Call” yoki “Put” tugmasini bosganida, Mijoz belgilagan Savdo amaliyotining parametrlari qayd etilib, Kompaniyaning savdo serveriga yuboriladi. Savdo serveri Mijozning savdo terminalidan kelgan so‘rovni qabul qilib, uni qayta ishlash navbatiga joylashtiradi. Ushbu bosqichda Mijozning savdo hisobida savdo shartnomasini ijro etish uchun zarur bo‘lgan pul miqdori Mijoz belgilagan miqdorga muvofiq qayd etiladi.
- Mijoz so‘rovini qayta ishlash navbati paydo bo‘lgan vaqtda, Savdo serveri Savdo amaliyotining asosiy parametrlarini o‘qiydi, so‘ngra amaliyotni Kompaniya serverida mavjud bo‘lgan joriy narxda amalga oshiradi va bu amaliyotni server ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Shu tariqa savdo amaliyotlarini qayta ishlash “Bozor ijrosi” texnologiyasi orqali amalga oshiriladi.
- Mijozning so‘rovini qayta ishlash vaqti Mijozning savdo terminali va Savdo serveri o‘rtasidagi aloqa sifatiga va aktivning joriy bozor holatiga bog‘liq bo‘ladi. Mijozning so‘rovi normal bozor sharoitida odatda 0-4 soniya ichida qayta ishlanadi. Normal bo‘lmagan bozor sharoitida ishlov berish vaqti cho‘zilishi mumkin.
- Savdo shartnomasi muddati tugayotgan paytda shartnomaga kiritilgan narx yakuniy narx bilan taqqoslanadi. Keyinchalik quyidagi algoritmdan foydalaniladi:
- “Call” turidagi shartnoma uchun:
- agar shartnomaning yopilish narxi uning ochilish narxidan yuqori bo‘lsa (qat’iy muvofiqlikda Popening < Pclosing), bunday shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi. Qat’iy belgilangan marja miqdori va ushbu savdo shartnomasini bajarish uchun to‘lov, mijoz “Call” tugmasini bosgan paytda Mijozning savdo terminalida ko‘rsatilgan qiymatga muvofiq, Mijozning savdo hisobiga o‘tkaziladi.
- agar shartnomaning yopilish narxi ochilish narxidan past bo‘lsa (qat’iy aytganda, Popening > Pclosing), bunday shartnoma bajarilmagan deb hisoblanadi. Mijozning savdo hisobidan belgilangan marja miqdorini yechib olish jarayoni boshlanadi. - “Put” turidagi shartnoma uchun:
- agar ushbu shartnomaning yopilish narxi shartnomaning ochilish narxidan past bo‘lsa (qat’iy muvofiqlikda Popening > Pclosing), bunday shartnoma bajarilgan deb hisoblanadi. Qat’iy belgilangan marja miqdori va ushbu savdo shartnomasini bajarish uchun to‘lov, mijoz “Put” tugmasini bosgan paytda Mijozning savdo terminalida ko‘rsatilgan qiymatga muvofiq Mijozning savdo hisobiga o‘tkaziladi.
- agar shartnomaning yopilish narxi uning ochilish narxidan yuqori bo‘lsa (qat’iy aniqlikda Popening < Pclosing), bunday shartnoma bajarilmagan deb hisoblanadi. Mijozning savdo hisobidan belgilangan marja miqdori yechib olinadi.
- “Call” turidagi shartnoma uchun:
- Kompaniya quyidagi hollarda Mijozning savdo amaliyoti natijalarini bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqish huquqini saqlab qoladi:
- Savdo amaliyoti bozor narxiga mos kelmaydigan kotirovkada ochilgan yoki yopilgan bo‘lsa;
- Savdo amaliyoti ruxsat etilmagan bot dasturiy ta’minoti yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa;
- Savdo serverida dasturiy ta’minot nosozliklari yoki boshqa texnik muammolar yuz bergan hollarda;
- Savdo shartnomalari bo‘yicha sun’iy Savdo amaliyotlari (bloklar) suiiste’mol qilinganining aniq belgilari aniqlansa, ular bekor qilinishi mumkin.
- Kotirovkalar va ma’lumotlar
- Kompaniyaning savdo terminalida taklif etilgan narx Savdo amaliyotlarini amalga oshirish uchun qo‘llanadi. Vositalar uchun savdo shartlari shartnomaning texnik xususiyatlarida ko‘rsatiladi. Bozordagi joriy narx darajasini belgilash bilan bog‘liq barcha masalalar faqat Kompaniyaning vakolatiga kiradi. Bu narxlar Kompaniyaning barcha Mijozlari uchun bir xil bo‘ladi.
- Apparat yoki dasturiy ta’minot nosozligi sababli server kotirovkalari oqimida kutilmagan uzilish yuz berganda, Kompaniya Savdo serveridagi ommaviy oferta kotirovkalari bazasini boshqa manbalar bilan muvofiqlashtirish huquqini saqlab qoladi. Bunday manbalar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
A. likvidlik ta’minotchisining kotirovkalar bazasi;
B; axborot agentligining kotirovkalar bazasi. - Savdo shartnomasi yoki vositasi turi bo‘yicha foyda hisob-kitobida Savdo serverining dasturiy ta’minoti va/yoki apparat vositalari noto‘g‘ri javob berishi natijasida xatolik yuz bergan taqdirda Kompaniya quyidagi huquqni o‘zida saqlab qoladi:
A. Xato ochilgan pozitsiyani bekor qilish;
B. Noto‘g‘ri amalga oshirilgan Savdo amaliyotini joriy qiymatlarga muvofiq to‘g‘rilash. - Savdo operatsiyalari hajmi, narxi va/yoki sonini (shuningdek, har qanday buyurtmaning darajasi yoki hajmini) moslash yoki o‘zgartirish usulini kompaniya belgilaydi va u Mijoz uchun uzil-kesil va majburiy hisoblanadi. Kompaniya har qanday tuzatish yoki o‘zgarish to‘g‘risida imkon qadar tezroq Mijozni xabardor qilish majburiyatini zimmasiga oladi.
- Kompaniya va mijozning vakolat va majburiyatlari
- Mijoz Kompaniya vakillaridan Savdo amaliyotlarini amalga oshirishga undovchi hech qanday savdo bo‘yicha tavsiya yoki boshqa ma’lumotlarni so‘rash huquqiga ega emas. Kompaniya Mijozni bevosita har qanday Savdo amaliyotlarini amalga oshirishga undovchi tavsiyalarni bermaslik majburiyatini zimmasiga oladi. Ushbu qoida Kompaniya CFD savdo strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha umumiy tavsiyalar berishiga nisbatan amal qilmaydi.
- Mijoz Kompaniyaga o‘zining Kompaniya va undan tashqaridagi faoliyati bilan bog‘liq ravishda uchinchi tomonlar oldidagi majburiyatlarini bajara olmasligi natijasida Kompaniya bevosita yoki bilvosita duch kelishi mumkin bo‘lgan har qanday majburiyat, xarajat, da’vo va zarardan himoya qilishni kafolatlaydi.
- Kompaniya aloqa (internetga ulanish) xizmatlarini taqdim etuvchi emas va aloqa kanallaridagi uzilishlar sababli majburiyatlarni bajara olmasligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
- Mijoz shaxsini tasdiqlovchi va yashash manzilini tasdiqlash hujjatlari nusxalarini taqdim etishi, shuningdek, Kompaniya belgilagan boshqa tekshiruv choralariga to‘liq rioya qilishi shart.
- Mijoz Kompaniya haqidagi har qanday ma’lumotni, uning rasmiy vakili bilan mazmunini oldindan kelishib olmasdan turib, hech qanday ommaviy axborot vositasida (ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, bloglar, gazetalar, radio, televideniye va boshqalar) tarqatmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.
- Kompaniya ko‘rsatayotgan xizmatlardan foydalanishni boshlashdan avval, Mijoz ushbu Kelishuvning “Mamlakatlar ro‘yxati” deb ataluvchi 11-bo‘limida ko‘rsatilgan mamlakatlarning fuqarosi yoki doimiy rezidenti emasligini, shuningdek, mazkur mamlakatlarning yurisdiksiyasi yoki amaldagi nazorati ostidagi hududlarda yashamasligini kafolatlaydi. Aks holda Mijoz xizmatlardan foydalanishni boshlamaslik yoki darhol to‘xtatish majburiyatini zimmasiga oladi. Agar Mijoz ushbu kafolat va majburiyatlarni buzadigan bo‘lsa, Mijoz bunday buzilish oqibatida Kompaniyaga yetkazilgan barcha zararlarni to‘liq qoplash majburiyatini zimmasiga oladi.
- Kompaniya ushbu Kelishuvni to‘liq yoki qisman Mijozni xabardor qilmasdan o‘zgartirish huquqini saqlab qoladi. Joriy Kelishuv Kompaniyaning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan va uning qayta ko‘rib chiqilgan sanasi tegishli bo‘limda ko‘rsatilgan.
- Kompaniya Mijozga o‘zi taqdim etgan xizmatdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan hech qanday yo‘qotish uchun javobgar emas; ushbu Kelishuvda yoki kompaniyaning boshqa huquqiy hujjatlarida alohida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Kompaniya ma’naviy zarar yoki boy berilgan foyda uchun tovon to‘lamaydi.
- Kompaniya bilan Mijoz o‘rtasidagi asosiy aloqa usuli Kompaniyaning veb-saytida joylashgan yordam xizmatidir. Biroq bu Kompaniyaning o‘z rasmiy veb-saytida mavjud boshqa aloqa vositalari va usullaridan foydalanib, Mijozga zarur yordamni ko‘rsatish majburiyatini bekor qilmaydi.
- Kompaniya Mijozlar bilan hisob-kitoblarning quyidagi tartibini taqdim etadi:
- Mijozning savdo hisobiga pul qo‘yish aksariyat hollarda Kompaniya xodimlarining ishtirokisiz, avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Istisnoli hollarda to‘lovlarni qayta ishlashda ishtirok etuvchi vositachilarning dasturiy ta’minotida nosozliklar yuz berganda, Kompaniya o‘z ixtiyoriga ko‘ra Savdo hisobiga mablag‘ni qo‘lda o‘tkazishi mumkin. Agar depozit qo‘lda amalga oshirilsa, Mijoz Kompaniyaning yordam xizmatiga murojaat qilayotganda, o‘tkazma ID raqamini, sana va vaqtni, foydalanilgan to‘lov usulini hamda jo‘natuvchi va qabul qiluvchining hamyon ma’lumotlarini aniq ko‘rsatib o‘tishi shart.
- Mijozlarning Savdo hisoblaridan pul yechib olish faqat mijoz Mijoz hududida tegishli so‘rovnomani taqdim etganidan so‘ng qo‘lda amalga oshiriladi. Mijoz Savdo hisobida mavjud qoldiq sifatida ko‘rsatilgan mablag‘ miqdoridan ortiq pulni yechib ola olmaydi. Mijoz mablag‘ yechib olish so‘rovini yuborishi bilan tegishli miqdor Mijozning savdo hisobidagi mavjud mablag‘dan avtomatik ravishda yechib olinadi. Pulni yechib olish so‘rovlarini ko‘rib chiqish uch ish kuni davomida amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda Kompaniya Mijozni oldindan xabardor qilgan holda arizalarni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatni 14 ish kunigacha uzaytirish huquqini saqlab qoladi.
- Xatarlarni oshkor qilish
- Mijoz quyidagi xavf-xatar turlarini zimmasiga oladi:
- Investitsiyalashdagi umumiy xatarlar amalga oshirilgan Savdo amaliyotlari oqibatida kiritilgan mablag‘ning yo‘qotilishi ehtimoli bilan bog‘liq. Bunday xatarlar davlat sug‘urtasiga kirmaydi va hech qanday qonun hujjatlari bilan himoyalanmaydi.
- Onlayn savdo xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq xavf-xatarlar. Mijoz Savdo amaliyotlarining elektron savdo tizimi orqali amalga oshirilishidan va ular mavjud global savdo platformalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaganidan xabardor. Barcha aloqalar muloqot kanallari orqali amalga oshiriladi.
- Uchinchi tomonlar elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish bilan bog‘liq xatarlar.
- Mijoz Savdo hisobiga shunday mablag‘ni kirita olmasligini anglaydi, chunki ularning yo‘qotilishi mijozning hayot sifatiga jiddiy zarar yetkazishi yoki uchinchi tomonlar bilan munosabatlarida mijoz uchun muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
- Mijoz quyidagi xavf-xatar turlarini zimmasiga oladi:
- Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
- Kompaniya Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashda dunyo amaliyotida umumqabul qilingan qoidalarga amal qiladi.
- Kompaniya Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini Kompaniyaning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish paytida va Mijoz profili doirasida Mijoz kiritgan shaklda xavfsizligini ta’minlaydi.
- Mijoz Mijoz hududida e-pochta manzilidan tashqari barcha shaxsiy ma’lumotlarini o‘zgartirish huquqiga ega. Ma’lumotlarni faqat Mijoz shaxsan Kompaniyaning yordam xizmatiga murojaat qilgandan va tegishli tarzda identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng o‘zgartirish mumkin.
- Kompaniya o‘z veb-saytida statistik ma’lumotlarni saqlash maqsadida “cookie” texnologiyasidan foydalanadi.
- Kompaniya hamkorlik dasturiga ega, ammo o‘z hamkorlariga ular yo‘naltirgan mijozlar haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaydi.
- Kompaniyaning mobil ilovasi o‘rnatilgan dasturlar haqidagi anonim statistik ma’lumotlarni to‘plashi mumkin.
- Da’volar va nizolarni ko‘rib chiqish tartibi
- Kompaniya va Mijoz o‘rtasidagi barcha nizolar shikoyat tartibida, muzokaralar va yozishmalar yo‘li bilan hal etiladi.
- Kompaniya ushbu Kelishuv bo‘yicha kelib chiqadigan da’volarni faqat support@po.trade e-pochta manzili orqali qabul qiladi va bu da’volar nizoli holat yuz bergan sanadan (kundan) boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan yuborilishi lozim.
- Kompaniya Mijozdan yozma shikoyat olgandan so‘ng 14 ish kunidan oshmaydigan muddat ichida Mijozning da’vosini ko‘rib chiqishi va shikoyat natijasi to‘g‘risida Mijozni e-pochta orqali xabardor qilishi shart.
- Mijozning da’vosi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Kompaniya Mijozga yo‘qotilgan foyda yoki ma’naviy zarar uchun hech qanday tovon puli to‘lamaydi. Kompaniya Mijozning savdo hisobiga kompensatsiya to‘lovini o‘tkazadi yoki nizoli Savdo amaliyoti natijasini bekor qiladi. Bunda Mijozning savdo hisobi balansi nizoli Savdo amaliyoti amalga oshirilmagandagi holatiga qaytariladi. Mijozning savdo hisobidagi boshqa savdo amaliyotlari natijalariga ta’sir ko‘rsatilmaydi.
- Kompensatsiya to‘lovi Mijozning da’vosi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganidan so‘ng bir ish kuni ichida Mijozning savdo hisobiga o‘tkazib beriladi.
- Ushbu Kelishuvda ko‘rsatilmagan nizo yuzaga kelgan holatlarda Kompaniya yakuniy qarorni qabul qilishda umume’tirof etilgan xalqaro amaliyot me’yorlari va nizoni adolatli hal etish prinsiplariga asoslanadi.
- Ushbu Kelishuv va unga aloqador har qanday harakat Rodney Bayside Building, Rodney Bay, Gros-Islet, St. Lucia qonunlari asosida boshqariladi. Ushbu Kelishuv yoki xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq barcha huquqiy harakatlar uchun mutlaq vakolat va ko‘rib chiqish joyi Rodney Bayside Building, Rodney Bay, Gros-Islet, St. Lucia sudlari hisoblanadi. Har ikki tomon bunday harakatlar yuzasidan mazkur sudlarning vakolatini tan olishga rozilik bildiradi.
- Shartnomaning amal qilish muddati va bekor qilinishi
- Ushbu Kelishuv Mijoz https://po.trade/uz/register/ manzilidagi o‘zining Mijoz hududiga manzilida birinchi marta kirgan paytdan (Mijoz profilini ro‘yxatdan o‘tkazish) boshlab kuchga kiradi va muddatsiz amal qiladi.
- Tomonlardan har biri ushbu Kelishuvni bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega:
- Kelishuv Mijoz tashabbusi bilan quyidagi hollarda bekor qilingan hisoblanadi: Mijoz hududida Mijoz profili yopilgan yoki Mijozdan Kelishuvni bekor qilish to‘g‘risidagi yozma bildirgi olingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida, Mijozning ushbu kelishuv bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari boʻlmasligi sharti bilan. Bekor qilish to‘g‘risidagi bildirgini Mijoz Kompaniyaning e-pochta manziliga yuborishi shart: support@po.trade
- Kompaniya Mijoz bilan tuzilgan Kelishuvni hech qanday tushuntirish bermay turib, bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Agar Mijozning ushbu kelishuv bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud bo‘lmasa, Kompaniya Kelishuv bekor qilingan paytdan boshlab 30 ish kuni ichida Mijoz oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarishni zimmasiga oladi.
- Kompaniya quyidagi Kelishuvning bir yoki bir nechta bandi buzilgan taqdirda, Mijozni oldindan xabardor qilmasdan, Kelishuvni bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
- Agar Mijoz va Kompaniyaning avvalgi Savdoga aloqador bo‘lmagan amaliyotlar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari bajarilgan, har bir Tomonning barcha qarzlari to‘langan va Mijozning bajarilmagan majburiyatlari qolmagan bo‘lsa, ushbu Kelishuv Tomonlar o‘rtasida bekor qilingan deb hisoblanadi,
Kompaniya Kelishuvni muddatidan oldin bekor qilgan holda Savdo amaliyotlari natijalari Kompaniya ixtiyoriga ko‘ra hisobga olinadi va amalga oshiriladi.
- Mamlakatlar ro‘yxati
- Avstriya
- Liviya
- AQSh
- Belgiya
- Myanma
- Kanada
- Bolgariya
- Somali
- Avstraliya
- Xorvatiya
- Janubiy Sudan
- Yangi Zelandiya
- Kipr
- Iroq
- Yaponiya
- Chexiya Respublikasi
- Livan
- Birlashgan Qirollik
- Daniya
- Suriya
- Isroil
- Estoniya
- Belarus
- BAA
- Finlandiya
- Burundi
- Fransiya
- Markaziy Afrika Respublikasi
- Liviya
- AQSh
- Belgiya
- Myanma
- Kanada
- Bolgariya
- Somali
- Avstraliya
- Xorvatiya
- Janubiy Sudan
- Yangi Zelandiya
- Kipr
- Iroq
- Yaponiya
- Chexiya Respublikasi
- Livan
- Birlashgan Qirollik
- Daniya
- Suriya
- Isroil
- Estoniya
- Belarus
- BAA
- Finlandiya
- Burundi
- Fransiya
- Markaziy Afrika Respublikasi
- Gretsiya
- Shimoliy Koreya
- Ispaniya
- Kongo Demokratik Respublikasi
- Niderlandiya
- Kot-d’Ivuar
- Irlandiya
- Rossiya
- Litva
- Moldova
- Lyuksemburg
- Yaman
- Latviya
- Zimbabve
- Malta
- Kuba
- Germaniya
- Venesuela
- Polsha
- Serbiya
- Portugaliya
- Chernogoriya
- Ruminya
- Italiya
- Slovakiya
- Sloveniya
- Vengriya
- Ukraina
- Shimoliy Koreya
- Ispaniya
- Kongo Demokratik Respublikasi
- Niderlandiya
- Kot-d’Ivuar
- Irlandiya
- Rossiya
- Litva
- Moldova
- Lyuksemburg
- Yaman
- Latviya
- Zimbabve
- Malta
- Kuba
- Germaniya
- Venesuela
- Polsha
- Serbiya
- Portugaliya
- Chernogoriya
- Ruminya
- Italiya
- Slovakiya
- Sloveniya
- Vengriya
- Ukraina